• Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2019 yil Buxoro viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlariga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyuldagi 565-sonli “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • Qarorga ko’ra «Bukhara City» loyihasi Buxoro shahri markazidagi Zulfiya, akademik Ibrohim Mo’minov va Sanoatchilar ko’chalari kesishgan joyda 83 gektar maydonda joylashgan. 
  • «Bukhara city» – bu Buxoro shahridagi biznes va turar-joy binolarining shaharsozlik loyihasi bo’lib, butun O’zbekiston bo’ylab eng yirik shaharsozlik loyihalaridan biridir. Loyiha ko’plab maqsadlarga ega, ular Buxoroning me’moriy dizaynini yanada rivojlantirish bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishning eng yaxshi usuli bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, Buxoro shahrini  biznes, moliya va turizmning jadal rivojlanayotgan infratuzilmasi markaziga aylantirish orqali Buxoroning turizm sohasidagi salohiyatini oshirishga intiladi. 
  • Loyiha barpo etilayotgan maskan Buxoro shahrining markazida joylashgan bo`lib, shaharning istalgan hududidan ushbu maskanga jamoat yoki shaxsiy transport vositalari orqali 10 daqiqa ichida tez va qulay etib olish imkonini beradi.  Majmua hududidan Buxoro shahrining Eski shahar hududigacha (sayyohlik qismi) 2,5 km, Buxoro xalqaro aeroportigacha 4 km masofani tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kelgusida Biznes-markaz hududida tramvay liniyasi qurilishi rejalashtirilgan.
  • Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyovning 2019 yil Buxoro viloyatiga tashriflari davomida bergan topshiriqlariga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyuldagi 565-sonli “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • Unga koʼra «Bukhara City» majmuasi hududida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish hamda zarur hollarda investorlarga amaliy yordam berish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi huzurida «Bukhara City» hududida obʼektlarni qurish va ulardan foydalanish direktsiyasi davlat unitar korxonasi tashkil etildi.
  • «Bukhara City» majmuasi hududida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda zarur hollarda investorlarga amaliy yordam berish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi huzurida «Bukhara City» hududida obʼektlarni qurish va ulardan foydalanish direktsiyasi davlat unitar korxonasi tashkil etildi.